Brozovich “layk” bosdi

“Inter” yarim himoyachisi Marselo Brozovich jamoasida sardor almashganiga o'ziga xos tarzda munosabat bildirdi.

Kecha klub rahbariyati va bosh murabbiyi Luchano Spaletti jamoa sardori Mauro Ikardini sardorlik bog'ichida mahrum qilib, yangi sardor sifatida Samir Xandanovichni tayinlashgan edi. Brozovich klubning Instagram sahifasida berilgan ushbu postga “layk” bosib, o'zi xos tarzda munosabat bildirdi. 

Eslatib o'tamiz, Ikardi kecha “Inter” bilan Yevropa ligasi doirasida “Rapid”ga qarshi uchrashuvga borishdan bosh tortgandi.


Manba: Football Italia