Breaking: Kutilgan iste'fo kutilmagan pallada sodir bo'ldi

11 dek 2019, 04:14
Bu haqida jamoaning Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Bir necha daqiqa avval Neapolning "Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ishdan bo'shatildi. 

"Klub prezidenti Aurelio De Laurentis va Karlo Anchelotti o'rtasidagi do'stona munosabatlar va o'zaro hurmat o'zgarmadi", - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis bugun Belgiyaning "Genk" klubini mag'lub qilib, jamoani Yevropa chempionlar ligasining pley-off bosqichiga olib chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia