Braziliya termasi Amerika kubogi uchun qaydnomasini e'lon qildi. Ro'yxatda Kazemiro yo'q

Administrator
10 may 2024, 23:09
Qitaning eng asosiy musobaqasi uchun Braziliyaning qaydnomasi aniq.

Braziliya terma jamoasi Kopa Amerikada ishtirok etuvchi futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatdan MYU futbolchisi Kazemiro o'rin olmagan. Amerika kubogidan oldin Braziliya AQSH va Meksikaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Darvozabonlar: Bento Krepski ("Atletiko Paranaense"), Ederson ("Man Siti"), Alisson ("Liverpul");

Himoyachilar: Danilo ("Yuventus"), Yan Kouto ("Jirona"), Gilerme Arana ("Atletiko Mineyro"), Vendell Borjes ("Portu"), Markinos, Lukas Beraldo ("PSJ"), Gabriel Magalyaes ("Arsenal"), Eder Militao ("Real");

Yarim himoyachilar: Andreas Pereyra ("Fulxem"), Joao Gomes ("Vulverxempton"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Duglas Luis ("Aston Villa"), Lukas Paketa ("Vest Xem");

Hujumchilar: Endrik ("Palmeyras"), Evanilson ("Portu"), Rodrigo, Vinisius ("Real"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"), Rafinya ("Barselona"), Savio Moreyra ("Jirona")

Ma'lumot uchun, Kopa Amerika 20 iyundan 14 iyulgacha AQSHda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.cbf.com.br