Braziliya terma jamoasi futbolchilari Boliviyada qanday nafas olishdi? FOTO

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017, 08:40
Tunda JCH-2018 saralashi doirasidagi Boliviya - Braziliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi va Braziliya ushbu saralash bosqichida ilk bor gol ura olmadi.

Braziliyalik futbolchilar o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida maxsus moslamalar orqali nafas olishgani e'tiborimizni tortdi. Bunga Boliviya mamlakatining dengiz sathidan 3600 metr balandlikda joylashgani sabab bo'ldi. Bu yerda bosim juda yuqori va boshqa mamlakatga kelganlar nafas olishda qiynalishadi. Masalan, Braziliya dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan.

Boliviya terma jamoasi saralash bosqichida o'z uyida Argentinani (2:0) va Chili (1:0) kabi kuchli terma jamoalarni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia