Braziliya Anchelotti bilan klasiko o'yinining ertasi kuni shartnoma imzolamoqchi

Alisher Ostonov
4 may 2025, 14:02
Braziliya terma jamoasi klasikodan so'ng Karlo Anchelotti bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Real" bosh murabbiyi Braziliya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda.

Takidlanishicha, italiyalik Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodriges bilan kelishuvga erishgan.

Ayni damda Anchelotti "Madrid"da ishlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda, ammo CBF tez orada kelishuvga erishmoqchi.

CBF La Ligada "Barselona" bilan klasiko o'yinining ertasiga, 12 may kuni italiyalik murabbiy bilan shartnoma imzolamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: As