"Brayton"da koronavirusga chalingan uchinchi futbolchi ham aniqlandi, biroq...

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 16:32
"Brayton"ning uchinchi futbolchisi ham koronavirusga qarshi ijobiy test topshirdi.

Futbolchining ismi oshkor qilinmadi. Virus infekciyalari shanba kuni topshirilgan testlarda ma'lum bo'lgan. Bunga qadar ham ikki nafar futbolchida shunday virus aniqlangandi.

"Brayton" futbolchilari klub qarorgohida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, klub rahbariyati bu to'xtab qolmasligini rasman ma'lum qildi. Dushanba kuni APL klublari video-konferenciya orqali mavsumning qayta boshlanishi borasida rejalar tuzishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC