Mitoma JCH-2026’da Yaponiyaga yordam bera olmaydi

Sherzod Nurmatov
15 may 2026, 16:50
“Brayton” vingeri Kaoru Mitoma jarohati tufayli Jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

BBC xabariga ko'ra, Premer-liga doirasidagi "Vulverxempton”ga qarshi o'yinda 28 yoshli futbolchining son mushaklari jiddiy shikastlangan.

Mitoma ushbu mavsum Angliya chempionatida 25 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Yaponiya terma jamoasi mundialda Niderlandiya, Tunis va Shvetsiya bilan bir guruhga tushgan.

Avvalroq Yaponiya terma jamoasi futbolchisi JCH-2026'dan chetda qolishi haqida ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC