"Borussiya" Sanchoning maoshini oshiradi

23 apr 2020, 23:56
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati Jeydon Sanchoni jamoada saqlab qolishiga ishonmoqda.

Forbes jurnali xabar berishicha, futbolchiga bir mavsum uchun 10 mln evro ish haqi taklif qilinadi. Shu tarzda Sanchoni boshqa klublarning "hujum"laridan asrash rejalashtirilgan.

Avvalroq unga APL klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jiddiy tarzda da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar yangragandi. 

Ma'lumot uchun, 20 yoshli angliyalik futbolchining "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 23 bahsda 14 gol, 15ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Forbes