

Mor jamoa bilan suratga tushmadi, chunki klub uning ketishi borasida muzokara o'tkazmoqda.
Oldinroq, 20 yoshli futbolchi "Inter"ga o'tishi mumkinligi e'lon qilingan edi. Milanliklar Morni 2 yilga ijaraga oladi va ular 15 mln. evro evaziga futbolchini xarid qilish imkoniga ega bo'ladi. Emre Mor Italiya klubi bilan shartnoma borasida kelishib oldi.
So'nggi mavsum turkiyalik futbolchi Bundesliganing 12 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



