Turk futbolchisi o'ziga taxt sotib oldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
17 avg 2018, 21:47
Turkiya terma jamoasi va "Selta" klubi yarim himoyachisi Emre Mor o'zining instagramdagi sahifasiga joylagan so'nggi rasmi bilan keng omma e'tiborini tortdi.

Suratda Emre o'zining yangi uyidagi hovuz oldida taxtda o'tirgani aks etgan.

21 yoshli turk futbolchisi taxtni o'zi uchun ushbu yozda sotib oldi. Taxtning orqa tomoniga 7 raqami va uning ism-familiyasi tushurilgan. Suratda o'yinchi oyog'ini ikkinchi taxtga qo'yib o'tiribdi.

Mahalliy "El Faro de Vigo" gazetasining ma'lumotiga ko'ra, furat Moane (Pontevedro)da olingan. Bu "Selta"ning boshqa bir yulduzi Yago Aspas tug'ilgan shaharcha.



Mor o'tgan mavsum "Borussiya D"dan "Selta"ga o'tgan va 23ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urgan hamda ikkita golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/emre.mor9