Rasman: Emre Mor boshqa klubga o'tdi

Alisher
31 iyul 2019, 18:08
Turkiyalik futbolchi Emre Mor "Galatasaroy" klubiga ijaraga berildi.

22 yoshli futbolchi faoliyatini Daniyaning "Norshellann" klubida boshlagan.

Turkiya terma jamoasi vingeri Istanbulning "Galatasaroy" klubida bir yil davomida ijarada to'p suradi. 

Dortmundning "Borussiya" klubi Morni 2016 yilda o'z tarkibiga qo'shib olgan va kelasi yildayoq uni Ispaniyaning "Selta" klubiga sotib yuborgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum La Ligada atigi 10ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GalatasaraySK