Emre Mor mashg'ulotlardan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
3 may 2018, 18:14
"Selta" hujumchisi Emre Mor mavsum oxirigacha mashg'ulotlardan chetlashtirildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan klubi bosh direktori Xuan Karlos Unsue intizom bilan muammolar tufayli Morni mashg'ulotlardan chetlatishga qaror qildi. Bu so'nggi oydagi ikkinchi marta sodir bo'lmoqda va endi turkiyalik futbolchi "Selta" safida boshqa maydonga tushmasligi mumkin.

Emre Mor 2017 yilning yozida Dortmundning "Borussiya"sidan "Selta"ga 14 mln. evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsum 20 yoshli hujumchi LaLiganing 23ta uchrashuvida 1ta gol urib, 2ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS