

"Borussiya Dortmund" klubining Jud Bellingem borasidagi talablari aniq bo'ldi. Marca nashrining yozishicha, nemis klub Bellingem uchun bonuslardan tashqari 100 mln evro xohlamoqda. Shu bilan birga 20-50 mln evro miqdoridagi bonuslar ham kelishuv tarkibiga kiritilishi lozim. Bu talablardan "Real"ning xabari bor. Madrid klubi Bellingem bilan 2023 yilning yozida shartnoma imzolamoqchi.
Ma'lumot uchun, Bellingem ushbu mavsum Bundesligada 15 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta golva 2 ta assist qayd etdi.



