"Real Madrid" Bellingemga "Chelsi"dan o'rinbosar topdi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2026
"Real Madrid" klubi agar joriy mavsum yakunida Jud Bellingem jamoani tark etadigan bo'lsa, uning o'rniga "Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandesni olib kelish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Manbaning takidlashicha, hozirda "qaymoqranglilar" angliyalik futbolchining kyetishini rejalashtirishmayapti, biroq voqealar rivoji bunday tus olishi mumkinligini ham istisno qilishmayapti. "Qirollik klubi" mutasaddilari Fernandesni jamoada yetakchilik rolini o'z zimmasiga olishga qodir futbolchi deb hisoblashmoqda.

Ma'lumot uchun:

- Bellingem 2023 yildan buyon "Real Madrid" sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

- Angliyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

- "Transfermarkt" portali Bellingemning bozor qiymatini 160 million evroga baholagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Caught Offside