

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoaning Chempionlar ligasidagi minimal maqsadini oshkor etdi.
“Biz 1/8 finalda oldinga siljish uchun eng yaxshi jismoniy va ruhiy shaklga umid qilishimiz mumkin. "Yuventus"ning minimal maqsadi - Chempionlar ligasining so'nggi o'yinlarida kuchli sakkizlikka kirish. Biz uchun qur'a qanday yakun topishidan qati nazar, xoh PSJ, xoh "Atletiko", biz bu o'yinlarga eng yaxshi formada yetib borishimiz kerak. Hech bo'lmaganda chorak finalga chiqishimiz shart", – dedi Bonuchchi.



