Bonuchchi Kalaforining "Arsenal"ga o'tayotganidan afsusda

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2024
"Yuventus" sobiq futbolchisi Leonardo Bonuchchi Rikkardo Kalaforining ingliz klubiga o'tayotgani haqida fikr bildirdi.

Avvalroq "Arsenal" "Bolonya"ning 22 yoshli himoyachisining transferi borasida kelishib olgandi. Transfer 50 million evroga tushadi. Shartnoma 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.



"Afsuski, u "Arsenal"ga o'tmoqda. Men uni "Yuventus"da ko'rishni xohlagandim", – dedi Bonuchchi.

Kalafori o'tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia