

Kiyinish xonasidan olingan suratlarda Meksika terma jamoasi futbolkasi yerda yotgani, Messi esa uni tepib yuborayotgani aks etgandi.

Meksikalik bokschi, jahon chempioni Saul Alvares esa bunga munosabat bildirdi.
"Messi men bilan uchrashib qolmaslik uchun Yaratganga iltijo qilsin.
Meksika futbolkasi yerda yotishining o'zi haqoratga teng", – deya jahl chiqqani aks etgan emojilarni qoldirgan Alvares.



