Boateng: "SSKA bilan o'yinda "Bavariya" gol o'tkazmagani yaxshi bo'ldi"
Aslanov Jasurbek
2 okt 2014, 13:52
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengning takidlashicha, mehmonda bo'lib o'tgan SSKA bilan uchrashuvda myunxenliklar o'z darvozasini quruq saqlagani bu yaxshi natija.
"Jamoada yangi futbolchilar paydo bo'lsa, ularga vaqt kerak bo'ladi. SSKA bilan o'yinda gol o'tkazmaganimiz yaxshi bo'ldi. Uchrashuv vaqtida raqibda golga tortuvchi vaziyatlar bo'lishi mumkin, biz aynan shuning ustida ishlayapmiz" - deydi Boateng.