Bitta g'alaba "Bayer"ni chempionlikdan ajratib turibdi. "Bavariya" bilan oradagi farq Bundesliga yakuniga 6 tur qolganda 16 ochkoni tashkil etmoqda

Alisher
6 apr 2024, 21:17
"Bayer"ga Germaniya chempionatini yutish uchun 3 ochko etarli bo'ladi.

Xabi Alonso jamoasi bugungi "Union" (1:0)ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng 76 ochkoga ega bo'lib turibdi. "Xaydenxaym"ga mag'lub bo'lgan "Bavariya" undan 16 ochko ortda bormoqda.

Chempionat finishiga 6ta tur bor.

"Bayer" Bundesliganing qolgan o'yinlarida "Verder" (14 aprel), Dortmundning "Borussiya"si (21 aprel), "Shtutgart" (27 aprel), "Ayntraxt" (5 may), "Boxum" (12 may) va "Augsburg" (18 may) bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports.ru