Birinchi liga. Zohir Qo'ziboev - ikkinchi bosqich to'purari

4 noya 2013, 11:30
Joriy mavsumdagi birinchi liga bahslari ham yakuniga etdi. Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Mashal” ikkinchi bosqichda 15ta o'yin o'tkazib, mana shu o'yinlarda jami 40ta gol urdi.
“NBU-Osiyo” bilan Muborakda kechgan bahsda mehmonlar himoyachisi Farrux Nurliboevning avtogolini qo'shib hisoblasak, gollar soni 41tani tashkil qildi.

Birinchi liganing ikkinchi bosqichida Zohir Qo'ziboev 12 bor to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi va bu borada birinchi liga hujumchilari orasida yaqqol peshqadamga aylandi. “Mashal” tarkibida Viktor Klishin 6ta gol urgan bo'lsa, Jahongir Abdumo'minov 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Mirzohid G'ofurov, Bahodir Murtazoev, Jamshid Hasanov va Ixtiyor Toshpo'latov o'z hisoblariga uchtadan gol yozib qo'yishdi. Yosh hujumchi Eldor Shomurodov 2 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Abbos Shodmonov, Akbar Hotamov hamda Rustam A'zamov bittadan gol urishdi.

Quyida birinchi liganing ikkinchi bosqchichida gol urgan futbolchilarimizni keltirib o'tamiz.  

 1.   Zohir Qo'ziboev – 12
 2.   Viktor Klishin – 6
 3.   Jahongir Abdumo'minov – 5
 4.   Mirzohid G'ofurov – 3
 5.   Bahodir Murtazoev – 3
 6.   Jamshid Hasanov – 3
 7.   Ixtiyor Toshpo'latov – 3
 8.   Eldor Shomuradov – 2
 9.   Abbos Shodmonov – 1
 10.   Akbar Hotamov – 1
 11.   Rustam A'zamov – 1
 12.   Farrux Nurliboev - 1, avtogol (“NBU-Osiyo”)

Manba: fcmashal.uz