

Dastlabki davrada "Bunyodkor" klubi darvozasiga eng kam gol urildi. Raqiblar 15ta o'yin davomida "qaldirg'ochlar" darvozasiga atiga 5 marta to'p kiritishdi xolos. "Olmaliq" futbolchilari ikkita, "Nasaf", "Metallurg" va "Navbahor" futbolchilari bir martadan "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilishdi.
Eng kam gol o'tkazish bo'yicha ikkinchi o'rinda "Lokomotiv" qayd etildi - 11ta gol. "Nasaf" 13ta, "Buxoro" 15ta gol o'tkazdi.
"Qo'qon-1912" esa 33ta gol o'tkazib bu borada antirekordchi bo'ldi. "Obod" 31 marta, "Andijon" va "Sho'rtan" jamoasi darvozasiga 30tadan gol urildi.



