Birinchi davra yakunlari. "Bunyodkor" - eng kam gol o'tkazgan klub

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 11:31
Oliy ligada kuni kecha 15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi va birinchi davra yakunlandi.

Dastlabki davrada "Bunyodkor" klubi darvozasiga eng kam gol urildi. Raqiblar 15ta o'yin davomida "qaldirg'ochlar" darvozasiga atiga 5 marta to'p kiritishdi xolos. "Olmaliq" futbolchilari ikkita, "Nasaf", "Metallurg" va "Navbahor" futbolchilari bir martadan "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilishdi.

Eng kam gol o'tkazish bo'yicha ikkinchi o'rinda "Lokomotiv" qayd etildi - 11ta gol. "Nasaf" 13ta, "Buxoro" 15ta gol o'tkazdi.

"Qo'qon-1912" esa 33ta gol o'tkazib bu borada antirekordchi bo'ldi. "Obod" 31 marta, "Andijon" va "Sho'rtan" jamoasi darvozasiga 30tadan gol urildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia