Bir paytlar Shomurodov bilan birga to'p tepgan hujumchi "Atalanta"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2023, 21:42
"Vest Xem" sobiq hujumchisi faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradi.

Gap Janluka Skamakka haqida ketmoqda.

"Atalanta" futbolchi bilan shartnoma tuzganini o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qildi. "Vest Xem" hujumchi uchun 25 mln. evro (5 mln. evro bonus) oladi.

Shunday qilib, "Atalanta" "Manchester Yunayted"ga ketgan Rasmus Xoylund o'rnini Skamakka bilan to'ldirdi.

Janluka Skamakka 2020/21 mavsumda Eldor Shomurodov bilan "Jenoa" sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia