Bilasizmi? Marat Bikmaev ketma-ket ikkinchi yil xet-trik qayd etdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2018, 11:25
"Lokomotiv" klubi hujumchisi Marat Bikmaev Superliganing 17-turida "Nasaf" darvozasiga uchta gol urdi.

Ushbu mavsumda Bikmaev ilk bor xet-trikka erishdi. E'tiborlisi 2017 yilgi mavsumda ham Marat bitta o'yinda uchta gol urishning uddasidan chiqqan edi. Samarqandda "Dinamo"ga qarshi kechgan bellashuvda hujumchi uchta to'p kiritgandi. 

2017 va 2018 yillarda O'zbekiston chempionatida boshqa hech bir futbolchi ikki marta xet-trik qayd etmagan. 

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Bikmaevdan tashqari Zohid Abdullaev va Suhrob Berdiev, bu mavsumda esa Elguja Grigalashvili va Azamat Allaniyozov bir o'yinda uch bor raqiblarni ranjitishdi. 

Bikmaev 2003 yilgi mavsumda "Paxtakor" safida "Metallurg" bilan o'yinda faoliyatidagi birinchi xet-trikini rasmiylashtirgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia