Bernd Shuster ham Xitoy klubini boshqaradi

Mirjalol Normatov
20 mar 2018
Germaniyalik mutaxassis Bernd Shuster Xitoy chempionatida ishlaydi.

"Marca" nashri xabariga ko'ra, 58 yoshli murabbiy "Dalyan Ifan" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shuster oldin Doneckning "Shaxtyor" (2003-2004), Madrid "Real" (2007-2008), Istanbullning "Beshiktosh" (2010-2011) va "Malaga" (2013-2014) jamoalarida ishlagan.

Oldinroq "Dalyan" o'z tarkibiga Yannik Karrasko va Nikolas Gaytanni qo'shib olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca