

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona"ga o'tmoqchi, deb xabar berdi "Sport.es". Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi o'z xohishi haqida "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va agenti Jorje Mendeshni xabardor qilgan.
"Manchester Siti" portugaliyalikni sotishga tayyor. Biroq "shaharliklar" futbolchini 100 million evroga baholashmoqda.
27 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.



