Benzemaning sobiq agenti: "Karim "Lion"ga qaytadi deb hisoblayman, klub uning yuragida"

Alisher
26 yanv 2021, 16:38
"Real" forvardi Karim Benzemaning sobiq agenti Karim Jaziri o'yinchining kelajagi haqida gapirdi.

"Karim Benzema "Lion"ga qaytadimi? Ha, men yurakdan u qaytadi deb hisoblayman. U doim men bilan gaplashadi va "Lion"ning barcha o'yinlarini ko'radi.

Buning ustiga u hech qachon "Grupama" stadioni ("Lion"ning arenasi, Fransiyadagi Evro-2016 uchun qurilgan)da bo'lmagan. U buni xohlagan bo'lar edi, "Lion" - uning yuragida", - deydi Jaziri.

Benzema 2004-2009 yillar davomida "Lion"da o'ynagan, shundan so'ng "Real"ga yo'l olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal