Benzemaning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 fev 2021, 23:39
"Real" hujumchisi Karim Benzema jarohati sababli "Valyadolid" va "Atalanta"ga qarshi o'yinlarda qatnashmadi.

"Marca" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi 7 mart kuni "Atletiko"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda. Ammo nashrning qayd etishicha, bahorning ilk kunida "Real Sosedad"ga qarshi bahsda ham uning ishtirok etishi inkor qilinmagan.

Benzema ushbu mavsum 28 o'yinda 17 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca