Benatia: "Roma" tarkibida kuchli futbolchilar ko'p"
5 noya 2014, 22:02
"Bavariya" himoyachisi Mexdi Benatia sobiq jamoasi "Roma"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Roma" tarkibida kuchli va xavfli futbolchilar juda ko'p. Masalan, Totti, Pyanich va Jervino kabi futbolchilar har qanday raqibga tashvish tug'dira oladi. Biz "Roma"ni juda hurmat qilamiz.