Belgiya ikkinchi divizioni klubi sport direktori Azarni taklif qilish g'oyasi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021, 19:23
Belgiya ikkinchi divizioni klubi sport direktori Azarni taklif qilish g'oyasi haqida gapirdi.

Belgiyaning "Vesterlo" jamoasi ikkinchi divizionda ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin taqibchisidan 10 ochkoga o'zib ketdi. Klubning yuqori divizionga ko'tarilish imkoniyati yuqori, shu sababli klub sport direktori Hasan Chetinkaya "Real Madrid"da omadi chopmayotgan Eden Azarni taklif qilish g'oyasi haqida gapirdi.

"Eden Azarni o'z do'stim deb hisoblayman, chunki u bilan ilk marta "Lill"da o'ynab yurgan paytlarida tanishganman. U menga bir kun kelib "Fenerbaxche"da o'ynashga vada berdi. Uni "Vesterlo"ga borishga ko'ndirish qiyinroq bo'ladi, lekin ertaga nima bo'lishini bilmaysiz. Vaqti kelib, Azar faoliyatini shu yerda yakunlashi mumkin", - dedi klub direktori.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Het Nieuwsblad