Bayram muborak, aziz temiryo'lchilar!

Narzulla Saydullayev
6 avg 2017, 15:18
Bugun O'zbekistonda temir yo'llari sohasida faoliyat olib borayotgan mehnatkashlar o'z kasb bayramini nishonlashmoqda.

“Lokomotiv” PFK ishchi-hodim hamda futbolchilar kollektivi barcha o'zbekistonlik temiryo'lchilarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Temir yo'llar - yurtimiz iqtisodiyotining "qon-tomiri". Yurtimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanayotganida esa O'zbekiston temiryo'lchilarining xissasi beqiyosdir. Zero aholining bir manzildan ikkinchisiga hech bir qiyinchiliksiz yetib olishida, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovar hamda maxsulotlarning xorij davlatlariga eksport qilinishida Temir yo'llar - eng asosiy transport yo'lagi vazifasini o'tayotgani barchaga birdek ma'lum. Shu sababli ushbu soha mexnatkashlari har qanday maqtovga loyiqdir.

O'zbek futbolining eng oldida ildamlab ketayotgan "Lokomotiv" o'zbekistonlik temiryo'lchilarni kasb bayrami bilan qutlaydi!



"O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatovning Temiryo'lchilar kasb bayramiga bag'ishlangan tabriknomasi

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni va Sizlar orqali jamoa a'zolaringizni mamlakatimiz mustaqilligining yigirma olti yilligi arafasida nishonlanayotgan temiryo'lchilar kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning farovonligi, baxt- saodati, sohamizning bundanda yuksak taraqqiyoti yo'lida olib borayotgan keng qamrovli bunyodkorlik faoliyatingizda katta zafarlar tilayman.

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, farovonlik, yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo'lsin!

Hurmat bilan, A.J. Ramatov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz