Tokotaev "Lokomotiv"da tibbiy ko'rikdan o'tolmadi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026
Qirg'izistonlik darvozabon Erjan Tokotaev "temiryo'lchi"ga aylanmaydigan bo'ldi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

"Erjan Tokotaev "Lokomotiv" uchun tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Sog'lig'idagi muammolari sababli muzokaralar to'xtadi. "Lokomotiv" endi boshqa legioner darvozabon izlaydi", – deyiladi xabarda.

25 yoshli posbon o'tgan mavsum andijonliklar safida 16 o'yinda qatnashib, 22 ta gol o'tkazdi va 6 o'yinda darvozani "quruq" saqladi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia