"Bayer" "Liverpul" futbolchisini 30+5 mln funt evaziga transfer qilmoqda

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 17:01
Jarell Kuansa "Bayer"ga o'tmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, 22 yoshli himoyachi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolanadi. Transfer summasi 30 million funtni, bonuslar 5 million funtni tashkil etadi.

Bundan tashqari, "Liverpul" Kuansani qaytarib sotib olish huquqiga ega bo'ladi, bu esa mersisaydliklarga kelajakda futbolchi ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini beradi.

Kuansa o'tgan mavsum APLda 13 ta o'yinda maydonga tushdi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano