"Bayer" Follandni xarid qiladi

Aslanov Jasurbek
20 may 2016
"Xoffenxaym" hujumchisi Kevin Folland "Bayer"ga o'tishga yaqin.

Ma'lum bo'lishicha, tomonlar shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan va transfer 18 mln. evro evaziga amalga oshadi. Germaniya terma jamoasi forvardiga "Liverpul", Dortmundning "Borussiya" klubi va "Volfsburg" qiziqish bildirmoqda.

Folland "Xoffenxaym" safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golga mualliflik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild