"Bavariya" vingeri Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 19:53
Yozgi transfer oynasida Sadio Mane "Bavariya"ni tark etishi va Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.

31 yoshli senegallik futbolchiga "Al Nassr" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

The Athletic nashriga ma'lum bo'lishicha, Mane bilan ishlovchi Roof agentligining Portugaliyadagi vakili "Al Nassr" sport direktori bilan uchrashuv o'tkazgan. Tomonlar futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilishdi.

Avvalroq "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Sadio Mane uning ishonchini oqlamaganini ochiqchasiga aytgandi.

Mane “Al Nassr”da Krishtianu Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin. Transfermarkt portali senegallik futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic