"Bavariya" qiziqayotgan darvozabon ushbu mavsumdan keyin jamoasini tark etishi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 dek 2019, 16:15
"Shalke" darvozaboni Aleksander Nyubel ushbu mavsumdan keyin jamoasini tark etadi.

Gelzenkirxenliklarning 23 yoshli sardori jamoa bilan 2020 yilga qadar davom etadigan shartnomani uzaytirishni istamadi. Shu boisdan posbon ushbu mavsumdan keyin jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Bavariya" qiziqish bildirayotgani borasida gaplar tarqalgandi.

Ushbu mavsumda Nyubel "Shalke" tarkibida 15 o'yinda qatnashdi.

"Shalke" darvozaboni ushbu qo'polligi uchun 4 o'yinga chetlatildi 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: schalke04.de