"Bavariya" Koman bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2017, 19:12
"Bavariya" hujumchi Kingsli Koman bilan shartnomani uzaytirdi.

Kelishuv 2020 yilgacha uzaytirildi. Fransiyalik futbolchi nemis klubida ijara asosida to'p tepar edi, uning transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli bo'lgan.

"Kingsli Koman jamoamiz kelajagining ustuni hisoblanadi. U istiqbolli futbolchi. Koman jamoamizga yordam beradi degan umiddaman" - deydi "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge.

Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi Bundesliga 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com