"Bavariya" futbolchisi "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 sen 2018, 19:46
"Yuventus" "Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sansheshning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Calciomercato xabariga ko'ra, qishki transferlar oynasi vaqtida turinliklar 21 yoshli futbolchini sotib olishga harakat qilib ko'radi.

Portugaliyalik mavsumda endigina bir uchrashuvda qatnashdi. U ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun katta ehtimol bilan "Yuve" taklifini qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato