Bavariya Barselona bilan Tiago Alkantara borasida kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2013, 04:07
Barselona yarim himoyachisi Tiago Alkantara faoliyatini Bavariyada davom ettiradi.
Bavariya Barselona bilan 22 yoshli yarim himoyachining transferi borasida kelishuvga erishganini ma'lum qildi.

Yaqin orada futbolchi Myunxenda tibbiy ko'rikdan o'tadi va 2017 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzadi.

Tiago Alkantaraning transferi Barselonaga 25 million evro keltiradi. Bavariya Ispaniya klubiga 20 million evro to'laydi. Qolgan pullar esa bu ikki klubning o'zaro o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Barselona hisobiga tushadi. Bundan tashqari Alkantara o'ziga beriladigan maoshning bir qismidan voz kechadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru