Batshuayi Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

24 mar 2020, 09:35
Futbolchi “Beshiktosh” nishonida.

“Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayi “Beshiktosh” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Turklar hujumchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Bundan tashqari Mishiga ayni damda “Kristal Pelas” ham da'vogar bo'lib turibdi.

Belgiyalik 26 yoshli futbolchi joriy mavsum “Chelsi” safida APLning 16 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD