Barselonaning yangi bosh murabbiyi nomi 29 may kuni e'lon qilinadi, uning kimligi ma'lum

Aslanov Jasurbek
21 may 2017, 17:20
Atletik bosh murabbiyi Ernesto Valverde Barselona bilan kelishuvga erishdi.
Shartnoma 2 yilga mo'ljallangan bo'ladi. Oldinroq Valverde Valensiya, Sevilya va APL klublariga rad javobini bergandi.

Barselona 29 may kuni Valverde tayinlangani haqida rasman e'lon qiladi.

Barselonaning hozirgi ustozi Luis Enrike yozda o'z lavozimini tark etishi oldinroq ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football-espana.net