"Barselona"ning ijaradagi o'yinchisi jamoaga qaytishni xohlamayapti

Alisher
14 apr 2024, 12:41
"Barselona"ga tegishli bo'lgan PSV himoyachisi Serjino Dest Kataloniya klubiga qaytishni rejalashtirmayapti.

"PSV mendan mamnun, bu yerda o'tkazayotgan vaqtimdan zavq olyapman. "Barselona"ga qaytish? Yo'q, o'sishni xohlayman. Qayerda bo'lsam ham doim o'ynashni va o'sishni xohlayman", - dedi Dest.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN