“Barselona”ning asosiy himoyachisi yana jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
4 mar 2021, 19:30
Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Sevilya”ga qarshi javob bahsida (3:0) Jerar Pike o'yin qahramonlaridan biriga aylangandi.

Pike 90+4 daqiqada gol urdi va ekstra taymolarda ham faol harakat qilib jamoasining irodali g'alabasiga hissa qo'shdi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi chap tizza paylarini shikastlab olgan. Uning qachon safga qaytishi esa noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Pike 3 oylik jarohatidan so'ng, fevral o'rtalarida maydonga qaytgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona