"Barselona"ni argentinalik mutaxassis boshqaradi. Buni Messi xohlamoqda

Alisher
7 noya 2019, 14:25
"Barselona" rahbariyati jamoa bosh murabbiyligida o'zgarish qilishga qaror qildi.

Valverde dekabr oyi oxirida bosh murabbiylikdan ketishi, uning o'rniga esa hozirda "River Pleyt"ni boshqarayotgan argentinalik 43 yoshli mutaxassis Marselo Galyardo tayinlanishi kutilmoqda.

Qayd etish kerakki, Galyardoning "ko'k-anorranglilar"ni boshqarishini Lionel Messi xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Ligada 12-turdan so'ng 22 ochko jamg'argan holda jadvalning birinchi o'rnida bormoqda.

Kataloniya klubi YCHLda ham o'z guruhida 8 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TNT Sports