"Barselona" JCH-2014dan so'ng David Luisning transferi haqida e'lon qiladi

Aziz Tukhtamuradov
11 may 2014, 08:24
Barselona Chelsi bilan himoyachi David Luiz masalasida kelishib oldi.

Kataloniyaliklar Braziliya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisining transferi borasida JCH-2014 bahslaridan so'ng e'lon qiladilar.

Ma'lumotlarga qaraganda, Luiz "Barselona" uchun 35 million evroga tushgan.

Eslatib o'tamiz, mavsum yakunlanganidan so'ng "Barselona" markaziy himoyachisi Karles Puyol faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi. Luis uning o'rniga munosib o'rinbosar hisoblanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru