"Barselona" va "Tottenxem" "Bavariya" himoyachisi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
9 apr 2021, 23:57
"Bavariya" markaziy himoyachisi Jerom Boateng ikki top-klubning e'tiborida.

Jurnalist Kristian Falkning ma'lumotiga ko'ra, 32 yoshli futbolchini "Barselona" va "Tottenxem" o'z tarkibiga qo'shib olish uchun tayyor turibdi.

Iyun oyida germaniyalik futbolchi erkin agentga aylanadi. U klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi bo'lmayapti.

Boateng "Bavariya"da 10-mavsumini o'tkazmoqda. Uning hisobida 355 o'yinda 10 gol  va 25 assist bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal