"Barselona" va MYU "Roma" sport direktorini nishonga olishdi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 11:39
"Roma" sport direktori Ramon Monchi o'z ishi bilan Yevropaning yirik klublari e'tiborini tortdi.

Ispaniyalik xizmatlariga "Barselona" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Monchini klubning ijrochi direktori Ed Vudvord o'rnida ko'rishmoqda, chunki ularga bu joyda moliyaviy savollarga emas sportga aloqador inson kerak.

BIroq "Monchi"ning "Roma"dan ketishi ehtimoli juda kam. Mutaxassis klub prezidenti Jeyms Pallotta bilan yaxshi munosabatda.

Monchi 2016 yil "Sevilya"dan "Roma"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport