"Sevilya" sport direktori: "Isko bizning klubga o'tishi to'g'risidagi mish-mishlar mantiqan to'g'ri"
12 fev 2021, 21:07
"Sevilya" jamoasida sport direktori vazifasini bajarayotgan Ramon Monchi "Real" yarim himoyachisi Iskoning andalusiya klubiga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlarga izoh berdi.
"Mish-mishlar mantiqan to'g'ri. Chunki u ketishni istayapti. Bizda esa u bilan avval ishlagan murabbiy bor. Isko Lopetegi qo'l ostida yaxshi o'ynagan edi. Ammo, yanvar oyida "Real"ga transfer borasida murojaat qilganimiz yo'q", dedi funkcioner.