"Barselona" ter Shtegenni sotishga qaror qildi

Alisher
1 noya 2021
"Barselona"ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klubini o'zgartirishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" xohlovchilardan futbolchini xarid qilish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Kataloniyaliklar ter Shtegenning transferidan 55 mln evro miqdorida ishlab olishmoqchi. 29 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Mark-Andre 2014 yilning yozidan beri "Barselona"da o'ynaydi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes