"Barselona" Superkubok uchun qaydnomani e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 15:33
Bugun, 6 mart kuni Kataloniya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvda "Barselona" hamda "Jirona" sovrin uchun kurashadi. O'yin 12 ming muxlisga mo'ljallangan "Nova Kreu Alta" stadionida bo'lib o'tadi.

Ko'k-anorranglilar ushbu bahs uchun qaydnomani e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya Superkubogi uchun bahsda Ispaniya chempionati turnir jadvalida yuqori o'rinlarda bo'lgan ikki Kataloniya klubi ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com